Rahbar va talabalar uchrashuvi

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida hamkorlik uchrashuvi

Jurnalistlar qurilish-arixtektura yo'nalishidagi muhandislik loyihalari bilan tanishdi

Universitet haqida

Universitet raqamlarda

Fakultetlar soni: 4

Yo'nalishlar soni: 18

Professor-o'qituvchilar  soni: 381

Talabalar soni: 8772 

O'quv binolari soni: 5 

O'quv qo'llanmalar soni: 972 

Universitetning tashkil topishi

Toshkent arxitektura qurilish universiteti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1991-yil 6 maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika universitetining "Arxitektura”, "Sanoat va fuqaro qurilishi" hamda "Muhandis qurilishi" fakultetlari negizida tashkil etilgan.

Universitetdagi fakultetlar

Arxitektura Fakulteti

Menejment Fakulteti

Qurilish Fakulteti

Muhandislik Fakulteti

Yangiliklar

Tadbirlar

 16

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Polshaning Bialystok Oliy iqtisodiyot universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi doirasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Polsha Respublikasining Bialystok Oliy iqtisodiyot universiteti rektori professor Aleksandr Prokopyuk boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” hamda “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedralari doirasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi va tegishli hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Tadbirlar

 12

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro“Finding Meaning in the Ordinary: Urban Spaces of Tashkent” 2 kunlik workshop bo'lib o'tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Finding Meaning in the Ordinary: Urban Spaces of Tashkent” mavzusidagi xalqaro workshopning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori B.A. To‘laganov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Mazkur workshop Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Germaniyaning Hochschule Darmstadt universiteti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasida Toshkent shahrining urbanistik makonlarini tahlil qilish, mavjud infratuzilmalarni o‘rganish va funksional takliflar ishlab chiqish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ochilish marosimidan so‘ng Germaniyadan tashrif buyurgan mutaxassislar universitet professor-o‘qituvchilari uchun maxsus master-klass darslarini o‘tkazishdi. Ushbu darslar tajriba almashinuvi, zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro amaliyotlarni o‘rganishga xizmat qilmoqda. Workshop ikki kun davomida turli amaliy mashg‘ulotlar, seminar va muhokamalar shaklida o‘tkazildi. Tadbir yakunida o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etgan qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tadbirlar

 15

“O‘ZSHAHAR QURILISH INVEST”

Amaliyot “O‘ZSHAHAR QURILISH INVEST” IK MCHJga qarashli, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Iqtidor MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan, birinchi qavatida savdo va maishiy binolari mavjud bo‘lgan 5 qavatli turar joy binolari qurilish maydonida olib borildi. Mazkur amaliyot jarayoni talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, zamonaviy qurilish texnologiyalari bilan bevosita tanishish, mutaxassislar bilan ishlash tajribasini orttirish imkonini berdi.

Interaktiv xizmatlar

Ko'p beriladigan savollar

Akademik ta'til olish uchun qanday ariza topshirish kerak?

JAVOB: Akademik ta'til olish uchun talaba tibbiy yoki oilaviy sharoitlarni asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda oliy ta'lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Masofaviy o'qitish imkoniyatlari mavjudmi?

JAVOB: Ha, ba'zi oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitish (onlayn ta'lim) imkoniyatlari mavjud. Bunda talabalar internet orqali darslarni kuzatishi va topshiriqlarni bajarishi mumkin.

Talaba qachon chet elda o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi?

JAVOB: Talaba chet elda o'qish imkoniyatiga erishish uchun xalqaro almashuv dasturlari, grantlar yoki stipendiyalar uchun ariza topshirishi mumkin. Masalan, Erasmus+, DAAD va boshqa xalqaro dasturlar orqali bu imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Talabalar amaliyotini o'tash qanday amalga oshiriladi?

JAVOB: Talabalar amaliyoti o'qish dasturining bir qismi sifatida o'quv yili davomida yoki yozgi ta'til paytida o'tkaziladi. Universitet amaliyot joylarini taqdim etishi yoki talaba o'zi topishi mumkin.

O'qish davomida boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tish mumkinmi?

JAVOB: Ha, talaba o'qish davomida ma'lum sharoitlarda boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu jarayon maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi.

Talabalar kontrakt to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lashi mumkinmi?

JAVOB: Ha, talaba kontrakt to'lovlarini yil davomida bo'lib-bo'lib to'lashi mumkin. Buning uchun oliy ta'lim muassasasi bilan kelishuv tuziladi.

Bizning hamkorlar