Ma'naviy yetuklik-taraqqiyoti poydevori.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 39

Tarix insoniyatning buyuk xotirasidir. Uni o’rganish orqali inson o’zini anglab, maʼnaviy jihatdan yuksaladi. Shu maqsadda  Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti talabalari va tyutorlar" Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ga ekskursiya uyushtirdi. Ushbu tashrif talabalarga Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrining ilm-fan, sanʼat va hunarmandchilikka qo’shgan hissasini tushuntirishga qaratildi. Muzey eksponatlari orqali ajdodlarimizning hayot tarzi va tariximizga oid qimmatli arxeologik maʼlumotlar muzey xodimlari tomonidan tanishtirildi. Temuriylar muzeyi O’zbekiston Respublikasining "Davlat noyob ilmiy obyektlari ro’yxati"ga kiritilgan bo’lib, unda 5 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.