O'zbekiston-Yaponiya Markazining 2024-yil 3-oktabrdagi 160-sonli xatiga muvofiq, O'zbekiston-Yaponiya Markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro biznes markazida "Japan Education Fair 2024'' ta'lim ko'razmasi o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
O’zbekiston-Yaponiya
Markazining 2024-yil 3-oktabrdagi 160-sonli xatiga muvofiq, O’zbekiston-Yaponiya
Markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro biznes
markazida “Japan Education Fair 2024” ta’lim ko’rgazmasi o’tkazilishi
rejalashtirilmoqda. Ko‘rgazma o‘tkazilishidan maqsad – o’zbekistonlik o’quvchi
va talabalarni Yaponiya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari, xususan
Yaponiya universitetlarining o’qish tartibi, ta’lim yo’nalishlari va
mutaxassisliklari, o’qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish,
shuningdek, talabalar va akademik almashinuv sohasida universitetlararo
hamkorlikni rivojlantirish. Ko’rgazma davomida Yaponiyaning turli
universitetlari bo’yicha taqdimot materiallari ham namoyish etiladi. Ushbu ko’rgazmaga
Yaponiyaning Keio, Tsukuba, Toyo, Nagoya, Tokio, Nagoya iqtisodiyot, Hokkaydo
Bunkyo universtetlari, Kioto ilg’or fanlar universiteti (KUAS), Kioto
informatika yo’nalishida magistrlik yo’nalishi bo’yicha ta’lim universiteti (KCGI),
Ritsumeikan Osiyo-Tinch okeani universiteti (APU), Yaponiya raqamli
universiteti (JDU) taklif etilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’quvchilar,
talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda oliy ta’lim
muassasalari, filiallar va akademik litseylarning tegishli kafedra va bo’limlari,
yosh o’qituvchilar va xodimlarining ko’rgazmada ishtirok etishlari mumkin.