Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xorijiy tillar kafedrasi v.b.professori, PhD Muhayyo Qambarova Italiyaning Turin Politexnika Universiteti CLA-Til markazida seminarda ishtirok etdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xorijiy tillar kafedrasi v.b.professori, PhD Muhayyo Qambarova Italiyaning Turin Politexnika Universiteti CLA-Til markazida seminarda ishtirok etdi. Uchrashuvda Muhayyo Qambarova CLA markazi professor o'qituvchilari uchun o'z PhD mavzusiga asoslangan "Corpus Linguistics of architectural terms"-Arxitektura terminlari Korpus lingivistikasi mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi. Maʼruza soʻngida markaz professor-oʻqituvchilari bilan arxitektura qurilish terminlari elektron lug'atini yaratish masalasi boʻyicha muhokama bo'ldi. Eslatib oʻtamiz! mazkur markazdagi "Science research writing" kursi bitiruvchilari boʻlgan ilmiy izlanuvchilar Scopus hamda Web of Science bazasidagi maqolalarni yozish va nashr ettirishda yuqori natijalarni qayd etib kelishmoqda.