STREAM kompaniyasi bosh direktori ishtirokida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun o'tkazilgan seminar qiziqarli va samarali bo'ldi.
STREAM kompaniyasi bosh direktori ishtirokida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun o'tkazilgan seminar qiziqarli va samarali bo'ldi. Tadbir davomida talabalar kompaniya faoliyati, innovatsion yondashuvlari va loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Seminar davomida bosh direktor kompaniyaning asosiy yo’nalishlari, muvaffaqiyatlarining sabablari va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi. Talabalar esa o’zlarini qiziqtirgan savollarni berib, real loyiha jarayonlari va zamonaviy qurilish texnologiyalari haqida batafsil ma’lumot olishdi. Bu kabi seminarlar talabalar uchun amaliy bilimlarni boyitish, o’z sohasida tajribali mutaxassislar bilan muloqot qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, STREAM kompaniyasining faoliyati yosh mutaxassislarga ilhom manbai bo’lib xizmat qiladi.