Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Moskvada o'tkazilgan TexnoNIKOL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritib qaytishdi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 36

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Moskvada otkazilgan TexnoNIKOL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-orinni qolga kiritib qaytishdi. Universitet jamoasi ushbu yutuqdan g’ururlanadi va talabalarni erishgan natijalari bilan qutlaydi. Bu g'alaba ularga berilgan bilim va mahoratning amaliy isboti, shuningdek, universitetning xalqaro maydonda obro’sini yanada oshirishga hissa qo’shdi. Universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov talabalarimizning sa’y-harakatlarini munosib e’tirof etib, ularga universitet nomidan TASHAKKURNOMA topshirdi. Talabalarimizga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va baland cho'qqilarni zabt etishlarini tilaymiz!