Toshkent arxitektura-qurilish universiteti uch tomonlama kelishuv imzoladi
Toshkent Turin politexnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti hamda Italiyaning Politecnico di Torino universitetlari o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik bo‘yicha umumiy kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki davlatning ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida
yanada chuqur integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida
quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilishi rejalashtirilmoqda:
- Muhandislik va arxitektura yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga
oshirish;
- Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar ustida birgalikda ishlash;
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi orqali tajriba almashish.
Mazkur kelishuv milliy va xalqaro darajada ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

