Universiteti rektoriv.v.b B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektoriv.v.b B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya
TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida
ikki universitet o‘rtasida ilmiy-texnik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada
rivojlantirish, yangi tashabbuslar va loyihalar bo‘yicha fikr almashish kabi
muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda quyidagi masalalar ko‘rib
chiqildi.
- Geotexnika ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish
konsepsiyasini ishlab chiqish, Ikki universitet o‘rtasida geotexnika sohasida
ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab
chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
- Qurilish muhandisligi maktabi faoliyatiga ikki universitet xodimlarini
jalb etish, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan qurilish
muhandisligi maktabi faoliyatida ikki universitetning xodimlari hamkorlikda ishtirok
etishlari rejalashtirilgan.
- Oqova kanallarni betonlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish, Oqova
kanallarni betonlash sohasida ikki universitet olimlari hamkorligida ishchi
guruh tashkil etish va ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari
ko‘rib chiqildi.
- Ilmiy hamkorlik va maqolalar chop etish, Qurilish muhandisligi,
gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, shuningdek,
gidrotexnika va geotexnika muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi
talabalar va soha olimlari o‘rtasida hammualliflikda maqolalar chop etish hamda
xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
- Megaloyihalarni amalga oshirish: Qurilish sohasidagi yirik loyihalarni
amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va ularni birgalikda boshqarish
masalalari muhokama qilindi.
- Ushbu tashrif va uchrashuv natijasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi ilmiy-texnik yutuqlarga erishish maqsadida bir qator qadamlar ko‘rilishi kutilmoqda.


