Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv yosh mutaxassislar uchun muhim tajriba almashish maydonchasi bo'ldi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv yosh mutaxassislar uchun muhim tajriba almashish maydonchasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori o‘rinbosari Iskandarov Erkin Buriyevich ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbirda talabalar bino va inshootlarni loyihalash hamda qurilish jarayonlari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuv davomida soha mutaxassisi o‘z tajribasini ulashib, shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi, loyihalash me’yorlari, qurilish sifatini oshirish va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati haqida atroflicha tushuncha berdi. Talabalar qurilish sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va sohaga oid dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashishdi. Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida ham bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.
