TAQU va Universiteti Malaya o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 50

TAQU va Universiti Malaya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  rektori v.v.b. B.A. Tulaganov Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan  Malayziya – O‘zbekiston Oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

3-fevral kuni TAQU va Malayziyaning nufuzli Universiti Malaya UM o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum MoU imzoladi.

Ushbu kelishuv ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi:

Ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish

Talaba va doktorantlar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish

Akademik sohadagi aloqalarni kengaytirish

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarga investitsiyalar jalb qilish Universiti Malaya Malayziyaning eng nufuzli universiteti bo‘lib, mamlakatda 1-o‘rinni egallaydi. Jahon miqyosida esa QS reytingida 60-o‘rinda qayd etilgan. Uning yuqori reytingi va ilmiy salohiyati TAQU bilan hamkorlikni yanada samarali va istiqbolli qilish imkonini beradi.

Ushbu memorandum orqali qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalar, investitsiyalar, ilmiy tajriba va madaniy almashinuv imkoniyatlari kengayadi. Kelishuv TAQUning xalqaro hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, talabalarga yangi imkoniyatlar yaratish va investitsion muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.