Xalqaro xamkorlik

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 54

Ayni kunlarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b B.A.Tulaganov Malayziya - Oʻzbekiston Oliy taʼlim forumi va koʻrgazmasida qatnashish maqsadida Malayziyada xizmat safarida.

Kecha  3-fevral kuni, UPM Universiti Putra Malaysia va TAQU oʻrtasida Memorandum of Understanding  imzolanishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlib oʻtdi. Memorandum esa bugun 4 fevral kuni boʻlishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvda, bugungi  forumda ishtirok etish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Memorandum  imzolash masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

Bu forum oʻzaro hamkorlik kelishuvini imzolanishi TAQU universiteti va UPM oʻrtasida yangi ilmiy va akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, talaba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va oʻzaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun katta ahamiyatga ega.

Umid qilamizki, bu hamkorlik ikki tomonlama rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ilmiy-texnikaviy sohada yanada samarali aloqalar oʻrnatishga yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz! Toshkent arxitektura-qurilish universiteti UPM professorlari bilan avvalroq aloqalarni  yoʻlga qoʻyilgan edi. Universitetning bir qator professor-oʻqituvchilari TAQUda mehmon boʻlib tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishgan.

Ma'lumot uchun UPM Universiti Putra Malaysia – bu Malayziyaning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, jahon miqyosida QS reytingi boʻyicha 148-oʻrinni egallaydi.