- Universitet Тarixi
- Universitet Faoliyati
- Rahbariyat
- Universitet Kengashi
- Kuzatuv Kengashi
- Tashkiliy Tuzilma
- Ma'muriy-Boshqaruv Tarkibi
- Bosh Sekretariyat
- Jamoatchilik Kengashi
- Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat(komplaens) bo’limi Matbuot xizmati
- Mission (Missiya)
- Vision (Tasavvurdagi ko‘rinishi)
- MChJ lar
- Bizning Manzillar
Universitet Тarixi
Universitet tashkil etilgandan beri, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb muammolari bo‘yicha 20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar o‘tkazilgan.
Universitet Faoliyati
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarkibida.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xuzurida 1 ta akademik litsey, 5 ta texnikum (Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi, Jizzax arxitektura-qurilish texnikumi, Namangan arxitektura-qurilish texnikumi, Marg‘ilon arxitektura-qurilish texnikumi va
Sirdaryo arxitektura-qurilish texnikumi) va 2 ta malaka oshirish markazlari (Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi va Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi) mavjud. Hozirgi kunda qurilish sohasidagi talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida (TAQU) 22 ta bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlari va 23 ta magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
OTM nomi |
Pedagog xodimlar soni |
Shu jumladan |
Talabalar soni |
|||||
Fan doktori, professorlar |
Fan nomzodi(PhD), dotsentlar |
Jami |
Bakalavriat (kunduzgi) |
Bakalavriat (sirtqi) |
Qo‘shma ta’lim dasturlari |
Magistratura |
||
TAQU |
323 |
18(5.6%) |
96(29.7%) |
7726 |
4419 |
2880 |
110 |
317 |
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
2022/2023 o‘quv yili qabuli jarayonida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga jami 2081 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan. Ulardan 1199 nafari kunduzgi,
389 nafari sirtqi, 152 nafari masofaviy ta’lim shakllari, 175 nafari ikkinchi va undan keyingi
oliy ta’lim uchun hamda 176 nafari texnikum bitiruvchilari hisoblanadi. Shuningdek,
magsitratura mutaxassisliklari uchun 81 nafar
abituriyentlar talabalikka qabul qilingan.
Ish beruvchilarning ehtiyojlarini inobatga
olgan holda, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Universitetda 17 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va
19 ta magistratura mutaxassisliklarida talabalar ta’lim olishlari yщlga щyiladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
2023/2024 o‘quv yili uchun jami 3646 ta qabul kvota
o‘rinlari ajratilgan bo‘lib, jumladan: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 3300 ta
va magistratura mutaxassisliklari uchun 346 ta o‘rin ajratilgan. Bakalavriat
bosqichi uchun ajratilgan 3300 ta o‘rindan 940 tasi kunduzgi, 350 tasi sirtqi, 1050 tasi kechki, 490 ta ikkinchi
va undan keyingi oliy ta’limning kunduzgi hamda 245 ta ikkinchi va undan keyingi
oliy ta’limning sirtqi shakllari uchun qabul parametrlari ajratildi.
Shuningdek, Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining
tavsiyanomalari uchun 47 ta, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 5 ta, “Mehribonlik uyi” va “Bolalar shaharchasi”ning bitiruvchilari
uchun 24 ta hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” uchun 47 ta o‘rin ajratilgan.
Universitetda 2020-2021 o‘quv yilidan 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasining Moskva arxitektura
instituti, Moskva davlat qurilish unversiteti, Qozon davlat arxitektura-qurilish
instiuti, Belarus milliy texnika universiteti, Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar
universiteti va Polsha Respublikasining Belostok texnika universiteti) bilan qo‘shma
dasturlar asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar ta’lim olmoqda. 2022 yilda e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi
milliy reytingda TAQU 24-o‘rinni (2021 yil-27
o‘rin, 2020 yil-15 o‘rin, 2019 yil -22 o‘rin, 2018 yil - 43 o‘rin) egalladi.
2022/2023 o‘quv yili bo‘yicha TAQUda asosiy shtatda
323 nafar pedagog xodimlar mavjud bo‘lib,
shundan fan doktorlari va professorlar 18 nafar, fan nomzodlari va dotsentlar 96 nafarni tashkil etadi. Hozirgi kunda
Universitetda jami 7726 nafar talaba o‘qimoqda; Sohaning rivojlanish
istiqbollari va ularda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim
muassasalarida bitiruv
malakaviy ishlari (diplom loyihalari), magistrlik dissertatsiya mavzulari, malakaviy
amaliyot dasturlari, kurs ish(loyiha)lari va mustaqil ta’lim topshiriqlari tubdan yangilandi.
Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
o‘quv ishlar sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, professor-o‘qituvchilar
tomonidan 2019 yilda 34 ta darslik, 63 ta o‘quv qo‘llanma, 2020 yilda 25 ta darslik,
43 ta o‘quv qo‘llanma, 2021 yilda 50 ta darslik, 60 ta o‘quv qo‘llanma hamda
2022 yil natijalariga ko‘ra 39 ta darslik, 55 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlangan.
2021/2022 va 2022/2023 o‘quv yillarida 280 ga yaqin turli mulk shaklidagi loyiha va qurilish
tashkilotlar ehtiyojiga muvofiq universitet talabalari malakaviy amaliyotlarga taqsimlandi
hamda kelgusida ularning ishga joylashishi masalasida kelishuvga erishildi.
Universitet Kengashi
Strategik Rivojlantirish Bo'yicha Birinchi Prorektor
Arxitektura Fakulteti Dekani
Muhandislik Fakulteti Dekani
Texnologiya Fakulteti Dekani
Menejment Fakulteti Dekani
Universitet kengashi yig'ilishlari
Kuzatuv Kengashi
|
|
O.Q. Abduraxmanov |
Prezident administratsiyasining
Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, |
Lavozimi
bo‘yicha |
oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi
o‘rinbosari |
B.I.
Zakirov |
qurilish
va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri, Kuzatuv kengashi raisi
o‘rinbosari |
E.
Kahya |
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektori |
Lavozimi
bo‘yicha |
Toshkent shahar hokimi |
F.J.
Po‘latov |
Kadastr agentligi direktori |
Lavozimi
bo‘yicha |
“O‘zsanoatqurilishmateriallari”
uyushmasi raisi |
B.X.
Elmurodov |
“O‘zshaharsozlikLITI”
DUK bosh direktori |
R.S.
Sharipov |
“ToshkentboshplanLITI”
DUK bosh direktori o‘rinbosari |
A.A.
Sanginov |
“O‘zbekgidroenergo”
AJ boshqaruv raisi |
Lavozimi
bo‘yicha |
“Discover invest” MChJ ta’sischisi |
K.A.
Mixaylov |
“Yangi
zamon bino” MChJ direktori |
Lavozimi
bo‘yicha |
“O‘zsanoatqurilishbank”
ATB boshqaruv raisi |
Mehmet Karaja (kelishuv
asosida) |
Istanbul
texnika universiteti qoshidagi Yevroosiyo yer fanlari ilmiy-tadqiqot
instituti professori (Turkiya) |
Sh.A.
Ayupov |
O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi |
B.A.
Askarov |
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti professori |
B. Tulaganov |
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi
prorektori, Kuzatuv kengashi kotibi |
Izoh:
Universitetning Kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda,
uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan
yoki tegishli funksiyalarni
bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kuzatuv
kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan, zarur hollarda, uning tarkibiga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Jamoatchilik Kengashi
Mission (Missiya)
TAQU mustaqil universitet sifatida aql, donolik va mehnatga asoslangan innovatsion tadqiqot va ta'lim faoliyati bilan ijtimoiy farovonlikka qo'shgan hissasi uchun oliy ta'limdagi o'zgarishlarning kashshofidir.
Vision (Tasavvurdagi ko‘rinishi)
TAQU oʻyinni oʻzgartiruvchi (game-changer) boʻlish potentsialiga ega boʻlgan tadbirkor bitiruvchilari va butun borliq uchun qiymat yaratadigan sanʼat, dizayn va muhandislik sohalariga qoʻshgan hissalari bilan xalqaro miqyosda hurmatga sazovor universitet boʻlishni maqsad qilgan.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat(komplaens) bo’limi
Korrupsiyaga qarshi «Komplaens-nazorat»
tizimi nima?
Ilg‘or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi zamonaviy boshqaruv usullariga muvofiq, samarali faoliyat yuritishni ta’minlovchi eng muhim profilaktik vositalardan biri tarkibida korrupsiyaga qarshi «komplaens nazorat» tizimini joriy etish hisoblanadi. “Komplaens”, “komplaens-nazorat” (compliance control) tushunchalari - muvofiqlik va aniq belgilangan qoida, standart hamda ko‘rsatmalarga muvofiq faoliyat yuritishni anglatadi.
Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, banklar va xususiy sektor faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlovchi, korrupsiya havf-xatarlari va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni o‘zida mujassam etgan samarali tizimdir.
Universitetda korrupsiya xolatiga duch kelsangiz bizga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi: Telegram_bot
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida faoliyat yurituvchi xodimning yillik deklaratsiyani to‘ldirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risidagi ARIZA
Oʼzbekiston Respublikasi 'Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida'gi Qonunini qoʼllash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni bartaraf etish choralari to'grisida
Oliy ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiyagaqarshi ichkinazorat (komplaens) tizimining huquqiy asoslari
“Komplayens-nazorat”tizimini takomillashtirishto'g'risida
1 Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati
2 Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyati
3 Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom
4 Aloqakanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to’g’risida
6 Universitetida kontragentlarni tekshirishga oid Yo‘riqnoma
7 Universitetxodimlarining odob axloq va KQK sohasida o‘qitilishini
8 KQK tizimining holati to‘g‘risidagi holatni shakillantirish
9 Xizmat tekshiruvlari o’tkazish bo‘yicha
10 Universitetida ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo'riqnoma
MChJ lar
1. “Tadqiqot va rivojlanish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
2. “Hayot davomida ta’lim markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
3. “Madaniy merosni tadqiq qilish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
4. “Zilzilabardoshlik ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
5. “Aqlli va barqaror shaharlar markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
6. “TAQU-Texnopark” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
7. “Energetika va yer fanlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
8. “UNICONSTRUCTION TEST” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
9. “Uy-joy ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
10. “Iqlim o‘zgarishi ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan
jamiyat
11. “TAQU Organization Servise” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA
12. “Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati
cheklangan jamiyat
13. “Shaharsozlik tadqiqotlari ilmiy markazi” mas’uliyati cheklangan
jamiyat
Bizning Manzillar
Yunusobod Kampusi (Asosiy Kampus) | Arxitektura Fakulteti | Chilonzor TTJ |
Yunusobod Filiali | Alisher Navoiy Filiali | Chilonzor Filiali |