Universitet haqida
Universitet raqamlarda
Fakultetlar soni: 4
Yo'nalishlar soni: 18
Professor-o'qituvchilar soni: 701
Talabalar soni: 8250
O'quv binolari soni: 5
O'quv qo'llanmalar soni: 972
Universitetning tashkil topishi
Universitetdagi fakultetlar
Arxitektura Fakulteti
Menejment Fakulteti
Qurilish Fakulteti
Muhandislik Fakulteti
Yangiliklar
Yangiliklar
17
Qaşqadaryo tajribasi örganilmoqda
Ayni daqiqalarda Toşkent arxitektura-quriliş universiteti rektori Baxrom Tulaganov Qarşi davlat universitetida bölib, mazkur oliy ta’lim muassasasida şakllangan "Qaşqadaryo tajribasi"ni örganmoqda.Taşrifdan közlangan asosiy maqsad Qarşi davlat universitetida yölga qöyilgan ilğor tajribalarni örganiş, samarali amaliyotlarni tahlil qiliş hamda ularni Toshkent arxitektura-quriliş universiteti faoliyatiga tatbiq etişdan iborat.Ayni damda universitet faoliyati, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yönalishlaridagi işlar hamda erişilgan natijalar bilan tanişilmoqda.
Yangiliklar
772
“Besh tashabbus olimpiadasi”: sport musobaqalariga start berildi
29-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Sport, yoshlar va katta ishtiyoq bir joyga jam bo‘lgan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, FISU prezidenti Leonz Eder, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida ishtirokchilarga musobaqalarning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berilib, sport bellashuvlariga ramziy start berildi.Mazkur musobaqalar doirasida talabalar sportning turli yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etib, g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Shuningdek, ayni kunlarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan FISU va AUSF vakillari ham ochilish marosimida qatnashdi.
Yangiliklar
389
“Yashil qo‘llar” — tozalik tadbirida faol ishtirok etdik!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari hamda tyutor N. Xidoyatova boshchiligida “Yashil Qo‘llar” tozalik tadbirida faol ishtirok etdik. Atrof-muhitni asrash, hududlarimizni obodonlashtirish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish — barchamizning muhim vazifamizdir. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yurtimiz obodligi va ekologik tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shdik! Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! Toza va obod muhit yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! Yashil qo‘llar — obod yurt sari!
Interaktiv xizmatlar
Galereya
Ko'p beriladigan savollar
01 Akademik ta'til olish uchun qanday ariza topshirish kerak?
JAVOB: Akademik ta'til olish uchun talaba tibbiy yoki oilaviy sharoitlarni asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda oliy ta'lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
02 Masofaviy o'qitish imkoniyatlari mavjudmi?
JAVOB: Ha, ba'zi oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitish (onlayn ta'lim) imkoniyatlari mavjud. Bunda talabalar internet orqali darslarni kuzatishi va topshiriqlarni bajarishi mumkin.
03 Talaba qachon chet elda o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi?
JAVOB: Talaba chet elda o'qish imkoniyatiga erishish uchun xalqaro almashuv dasturlari, grantlar yoki stipendiyalar uchun ariza topshirishi mumkin. Masalan, Erasmus+, DAAD va boshqa xalqaro dasturlar orqali bu imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
04 Talabalar amaliyotini o'tash qanday amalga oshiriladi?
JAVOB: Talabalar amaliyoti o'qish dasturining bir qismi sifatida o'quv yili davomida yoki yozgi ta'til paytida o'tkaziladi. Universitet amaliyot joylarini taqdim etishi yoki talaba o'zi topishi mumkin.
05 O'qish davomida boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tish mumkinmi?
JAVOB: Ha, talaba o'qish davomida ma'lum sharoitlarda boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu jarayon maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi.
06 Talabalar kontrakt to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lashi mumkinmi?
JAVOB: Ha, talaba kontrakt to'lovlarini yil davomida bo'lib-bo'lib to'lashi mumkin. Buning uchun oliy ta'lim muassasasi bilan kelishuv tuziladi.






