Uchrashuv

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 238

2023 yil 9 mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tadbirlar zalida Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari Rinaudo Fulvio hamda Mikele Boninolar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Arxitektura” fakulteti hamda “Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida professor  Mikele Bonino talabalarga “Ayni vaqtda ma'nan eskirgan hamda o'z faoliyatini to'xtatgan zavod va fabrika binolarini yangi maqsadlarga yo'naltirgan, ya'ni bolalar uchun o'yin maydonchalari, mehmonxona, xiyobon kabi ko'rinishlarga keltirgan holda ularga yangidan hayot bag'ishlash” mavzusida taqdimot qildi. Professor Rinaudo Fulvio esa o'z navbatida talabalarga Italiyadagi Turin politexnika universitetiga almashinuv dasturlari doirasida borish, magistratura uchun grantlar yutib olish, doktoranturada o'qish imkoniyatlari haqida gapirib berdi. Tadbir yakunida qizg'in muhokamalar bo'lib o'tdi.