Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va ularni oldini olish mavzusida tadbir uyishtirildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 214

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2023-yil 27-mart kuni “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va ularni oldini olish” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirga  Toshkent   shahar  Ichki  ishlar  bosh boshqarmasi Axborot  texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish  boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi o‘ta muhim ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi Sh.E.Muxammatkulov, Yunusobod tumani bo‘yicha guruh rahbari A.A.Abduraxmonovlar taklif etildi.