Referendum-2023

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 369

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Referendum-2023” festivali oʼtkazildi. Mazkur targʼibot tadbiriga Oʼzbekiston davlat filarmoniyasi Shodlik ashula va raqs ansambli xonandalari taklif etildi. Tadbirda universitet professor-oʼqituvchilari hamda talabalari tomonidan hozirgi kunda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan gapirib oʼtildi, shuningdek, 2023-yil 30-aprel kuni boʼlib oʼtadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi. Mazkur tadbir koʼtarinki ruhda oʼtkazildi.