Vazir bo'lajak arxitektorlar bilan uchrashdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 187

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib, rahbar va pedagog xodimlar hamda talabalar bilan muloqot qildi.

Dastavval, universitet jamoasi tomonidan muassasada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, jumladan moddiy-texnik bazani rivojlantirish, o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalar bilan ishlash borasidagi vazifalar hamda istiqbolli rejalar to‘g‘risida taqdimot qilindi.