Qo’shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 176

Ayni damda Belarusiya Respublikasining “Belarus milliy texnika universiteti”da ilmiy stajirovka o‘tab turgan Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Talabalar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar” bo‘yicha prorektori A.D.Metyakubov hamda “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i A.S. Sultanovlar tomonidan, Qo’shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi. Suhbat davomida talabalar tomonidan berilgan savol va takliflar o’rganildi va shu bilan birga talabalarning turar joylari va ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.