Yurtimizda boshlangan ilmiy izlanishlar Shveysariyada davom etmoqda
Xabar berganimizdek, Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Shveysariyaning Shveysariya-Italiya
universiteti bilan hamkorlikda mamlakatimizda o‘tgan asrda qurilgan ijtimoiy
turar joylarni xavfsiz hamda yashash uchun qulay tarzda renovatsiya qilish
bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Loyiha Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shaharlar – Samarqand va Buxorodagi 10 ta
obyektda o‘rganishlar olib bordi. O`zbekistonda boshlangan loyiha ishlari ayni
kunlarda Shveysariyada davom ettirilmoqda. Yakuniy taqdimot ham aynan
Shveysariya o‘tkaziladi va o‘rganilgan bino-inshootlarni renovatsiya qilishni
zamonaviy yechimlari taklif etiladi. Eslatib o`tamiz, vorkshopda
Shveysariya-Italiya universitetining 2 nafar professor o‘qituvchisi va 8 nafar
talabalari, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura
fakulteti o‘qituvchilari - Azamat Hasanov va Baxodir Matchonov, shuningdek 5
nafar talabalari ishtirok etmoqda.