Ozoda Xotamovaga Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi guvohnomasi topshirildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 545

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini taʼsis etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq,  “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Arxitektura fakultetining 3- kurs talabasi Xatamova Ozoda Olimovna Dizayn (turlari bo‘yicha) tanlov yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bugun universitet rektori Ercan Kahya tanlov g`olibiga guvohnomani tantanali ravishda topshirib, uning kelajakdagi faoliyatiga omadlar tiladi hamda universitet rahbariyati bundan keyin ham iqtidorli talabalarni  doimiy qo`llab quvvatlashi, ularga barcha zarur sharoitlar yaratib berilishini ta`kidlab o`tdi. “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi laureate bo`lganimdan juda mamnunman”, - deydi O.Xotamova. Bu nafaqat mening balki, ustozlarim, ota-onam va meni qo`llab turgan barchaning yutug'i deb bilaman. Maqsadim erishilgan natijada to`xtab qolmay, sohada ilmiy izlanishlar olib borish, magistraturada tahsilni davom ettirib Prezident stependiyasini qo`lga kiritish.

TAQU

TAQU