Universitetga quyosh panellari o'rnatildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 470

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qaroriga muvofiq, tasdiqlangan dastur asosida Toshkent Arxitektura qurilish universitetiga quyosh panellari o`rnatildi. Dasturda 756 (kVt)  belgilangan bo`lib, amalda 768 (kVt) panellar o`rnatildi va foydalanishga topshirildi. Yangi tizimning samarali ishlashi uchun 3 yil davomida yuqoridagi pudrat tashkilotlari tomonidan barcha zarur servis xizmatlari ko`rsatiladi.

Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida universitet jami elektr energiya iste`molining 70% gacha bo`lgan qismi aynan quyosh panellari hisobidan qoplanishi ko`zda tutilgan. Dam olish kunlari va ta`til davrida ishlab chiqilgan ortiqcha elektr energiyasi aholiga uzatilishi rejalashtirilgan.

TAQU

TAQU

TAQU