R.S.Xayrullayev doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoyasi.
2023-yilning 28-sentyabr kuni soat 10:00 da R.S.Xayrullayevning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi
offline va online (masofaviy) tarzida o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu
munosabat bilan sizlarni Toshkent arxitektura qurilish universiteti qoshidagi
DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy Kengashning himoya majlisiga taklif
etamiz. (Manzil: Toshkent sh., Abdulla Qodiriy ko’chasi, 7v-uy. TAQU,
Arxitektura fakulteti.)
Kun tartibi: Talabgor Xayrullayev Rahmatillo Saydullayevichning 05.09.08-Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish va 05.09.07-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi tutash ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Yuqori qavatli uy –joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor suv ko’tarish texnologiyasining gidrodinamik modeli” mavzusidagi tayyorlagan doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi.