ArchSkilled arxitektura loyihalari xalqaro tanlovini
“Belarus arxitektorlar ittifoqi” jamoat birlashmasi va “Alumin Techno” MChJ oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida ArchSkilled arxitektura loyihalari xalqaro tanlovini oʻtkazmoqda. Tanlov arxitektura va qurilish sohasidagi talabalarning kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirish hamda turar-joy va jamoat binolarini loyihalashda alyuminiy profil tizimlari va arxitekturaning oynali yechimlaridan foydalanishni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari tegishli Nizom bilan tartibga solinadi (nizom ilova qilinadi). Tanlov natijalari XV Milliy arxitektura festivali doirasida, 2023-yil oktabr-noyabr oylarida Minsk shahrida sarhisob qilinadi. Universitet talabalarini tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.