Universitet yoshlar yetakchisi saylandi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 392

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, galdagi vazifalar belgilandi. Shuningdek, tadbirda universitet rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi-yoshlar yetakchisi, turli yo‘nalishlar bo‘yicha koordinatorlar yangi tarkibda saylandi.