YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlov e’lon qilindi
YUNESKO tashkiloti tomonidan Mikrobiologiya sohasida (immunologiya, molekulyar biologiya, genetika) Kuba Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlov e’lon qilingan. Batafsil ma'lumot quyidagi veb sahifada keltirilgan: https://www.unesco.org/en/prizes/carlos-j-finlay
Ushbu mukofot o'z tadqiqotlari va yutuqlari orqali
mikrobiologiya sohasi va uning qo‘llanishiga katta hissa qo'shgan shaxs,
muassasa, nodavlat tashkilotlarini mukofotlash uchun mo'ljallangan.
YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning
hujjatlari ingliz va fransuz tillarida to'ldirilib, joriy yil 10-oktyabr kuniga
qadar vazirlikning Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasiga yuborilishi
zarur (e-mail: sh.eshqobilova). Nomzodlar anketasini to'ldirish tartibi bilan
quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin:
https://www.unesco.org/en/prizes/carlos-j-finlay/nominatio