Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari va yirik kompaniyalar ishtirokida uchrashuv

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 218

11-oktabr kuni  Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari hamda “INVESCO ASIA” kompaniyasi rahbari Sinan Onel ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Kompaniya direktori Sinan Sinan önel hamda  loyiha bo’limi  bosh mutaxassis muhandisi Grishin Sergey tashrif buyurdilar.

“INVESCO ASIA” kompaniyasi rahbari Sinan Onel  tomonidan kompaniya haqida talabalarga ma’lumot berib o’tildi hamda universitetda “INVESCO ASIA” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslariga talabalarni taklif etdi. Tadbirda Qurilish muhandisligi texnologiyasi kafedrasi talabalari ishtirok etdilar. Suhbat davomida talabalar qanday ko‘nikmalarni egallash kerakligi, xalqaro sertifikatlarni olish shaxsiy rivojlanish uchun qanchalik foydali ekanligi, muvaffaqiyatli karyera qurish uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida batafsil gapirib berildi.