Xizmat safari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-oktyabrdagi
2/12-4/4-8029-sonli xati va Toshkent arxitektura-qurilish universitetining
2023-yil 7-oktyabrdagi “Xorijiy xizmat safarga yuborish to‘g‘risida”gi
285-sonli buyrug‘iga asosan Turkiyaning Yildiz Texnika va Marmara
universitetlari o’rtasidagi akademik faoliyat, xalqaro grantlar, qo’shma
ta’limni ochish, ilmiy-tadqiqotlarni o’zaro ikki tomonlama rivojlantirishda
muzokaralarni olib borish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini
tezlashtirish maqsadida 2023-yil 30-sentyabrdan 7-oktyabrgacha bo‘lgan muddatda
Toshkent arxitektura qurilish universiteti (TAQU) rektorini Turkiya davlatiga
tashrif amalga oshirildi.
Hozirgi kunda Toshkent arxitektura qurilish universiteti (TAQU)da ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo’yicha Istanbul Texnika Universiteti,Yildiz texnika universiteti, Marmara universiteti hamda Sarayevo xalqaro universiteti (Kuzatuv Kengashi raisi bilan) o’zaro hamkorlik ishlarini keng ko’lamda rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xorijiy safar dasturining maqsadi:
Turkiyaning Istanbul Texnika Universiteti, Yildiz Texnika va Marmara universitetlari o’rtasidagi akademik faoliyat, xalqaro grantlar, qo’shma ta’limni ochish, ilmiy-tadqiqotlarni o’zaro ikki tomonlama rivojlantirishda muzokaralarni olib borishdan iborat.
2023-yil 30-sentabr (shanba): Toshkent-Istanbul reysi
2023-yil 2-oktabr kuni (dushanba): Istanbul Texnika Universiteti Axborot
texnologiyalar (IT) bo'limidan Toshkent arxitektura qurilish universiteti
(TAQU)ga mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi. Ayni
vaqtda Bog‘ozichi universiteti axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Faruk
Yakaryilmaz bilan ko’rishildi.
Prof. Dr. Serhat Sheker (Istanbul Texnika Universiteti Elektrotexnika va elektronika fakulteti sobiq dekani) bilan TAQUda Kompyuter va elektrotexnika bo‘limlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
2023-yil 3-oktabr kuni (seshanba): bosh maslahatchi prof. Dr. Mehmet Karaja va Vizyon Real Estate kompaniyasi boshlig’i Veysel Chapa bilan Taksimdagi ofisida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu kompaniya TAQU bilan hamkorlikda O'zbekistonda biznes yuritish va sarmoya kiritishga rag'batlantirildi. Shuningdek, TAQU talabalarini qurilish maydonchalarida 1 oylik amaliyot o’tashi taklif sifatida kiritildi. Mehnat xavfsizligi shartlari bajarilsa, 5 nafar talabaga rozilik bildirildi.
Istanbul Texnika Universiteti
Arxitektura fakulteti Arxitektura kafedrasi mudiri prof. Dr. Yuksel Demir bilan
uchrashuv bo'lib o'tdi. Viza va ruxsat olish jarayonlari tugallangandan so'ng
TAQU Arxitektura fakulteti dekani bo'lishi munosabati bilan, universitetimizda
amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar muhokama qilindi.
Ayniqsa,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi
“Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi” PQ-416 qarorga muvofiq 5-6
o’qituvchilarni Istanbul Texnika Universiteti Arxitektura bo‘limiga xorijda
o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun yuborishga qaror qilindi. Prof. Dr.
Yuksel Demir ixtiyoriy ravishda TAQU guruhining kordinatori sifatida xizmat
qiladi.
2023-yil 4-oktabr (chorshanba): bosh maslahatchi prof. Dr. Mehmet Karaja bilan
birgalikda Marmara universiteti (MU) rektori Prof. Dr. Mustafo Kurt bilan
uchrashuv o’tkazildi. Hamkorligimizni yanada aniqlashtirish zarurligi
taʼkidlandi. Hurmatli prof. Mustafo Kurtni Toshkentga taklif qilindi.
Bundan so’ng,
Marmara Universiteti Bosh kotibi Dr. Murat Arisal bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Marmara Universitetiga Toshkentda sog'liqni saqlash sohasida filial ochishni
tavsiya qilindi. Kunning ikkinchi yarmida ikki prorektor prof. Dr. Hasan Korkut
va prof. Dr. O'mer Akgiray bilan o'zaro uchrashuvlar o'tkazildi, TAQUning yangi
modeli tanishtirildi va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama
qilindi. Ayniqsa, Iqtisodiyot (Ekonomika) va Menejment bo‘limlarida
hamkorlik faoliyatini olib borish muhimligi ta’kidlandi.
2023-yil 5-oktabr (payshanba): Bosh maslahatchi prof. Dr. Mehmet Karaja va Yildiz Texnik Universiteti (YTU) rektori Prof. Dr. Tamer Yilmaz ziyorat qilindi. Hamkorligimizni yanada rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi. Biz imkon qadar tezroq yarim stavka o'qituvchi shtatalarini almashtirishga qaror qildik.
Ilmiy ishlar
bo‘yicha prorektor prof. Dr. Bestami Özkaya bilan ofisda uchrashuv bo'lib
o'tdi. Aniq mavzular bo‘yicha TAQU va Yildiz texnika universiteti
instruktorlaridan 1-3 kishidan iborat qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish
hamda dissertatsiyalarni boshqarish, nashr etish va ilmiy loyihalarni
birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Shuningdek, bir nafar TAQU
professorini YTU Scopus jurnallari tahririyati tarkibiga kiritish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi. TAQU o‘qituvchilarining nashrlarini Yildiz texnika
universiteti jurnallarida chop etish taklif qilindi.
2023-yil 6-oktabr (juma): Bosh maslahatchi prof. Dr. Mehmet Karaja bilan Akdağlar Madencilik
ve İnşaat Anonim Kompaniyasiga tashrif buyurdi. Juda katta biznes hajmi
va faoliyat sohasiga ega bo'lgan ushbu kompaniyaning bosh direktori janob Yekta
Ture bilan hamkorlik bo'yicha muzokaralar olib borildi. U kompaniyaning barcha
faoliyati bilan tanishtirdi va TAQU talabalarini amaliyotga qabul qilishlarini
bildirdi. Bu bizning talabalarimiz uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi, chunki bu
kompaniya, ayniqsa, asfalt-beton qurilishi va beton qorishmasi sohasida
yetakchi kompaniya hisoblanadi.
Sarayevo xalqaro universiteti vasiylik
kengashi raisi bilan aloqa o‘rnatildi, biroq uchrashuv o‘tkazilmadi. Sarayevo
xalqaro universiteti jamoasi Toshkentga taklif qilindi.
2023-yil 7-oktabr kuni (shanba): BEMA Inshoot anonim kompaniyasi egasi Halil
Durna bilan uchrashuv o’tkazildi. Ushbu kompaniya TAQU bilan hamkorlikda
O'zbekistonda biznes yuritish va sarmoya kiritishga rag'batlantirildi.
Shuningdek, TAQU talabalarini qurilish maydonchalarida 1 oylik amaliyotga qabul
qilishlari taklifi kiritildi.
Istanbul
Texnika Universiteti Arxitektura fakulteti Arxitektura kafedrasi mudiri
prof. Dr. Yuksel Demir bilan yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi. Toshkent
arxitektura qurilish universitetida amalga oshiriladigan yangiliklar muhokama
qilindi. Bosh maslahatchi prof. Dr. Mehmet Karaja va sobiq dekan Prof.
Dr. Murat Gul bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va uning jamoasi TAQU o'qituvchilari
bilan hamkorlikda ishlashga taklif qilindi.