Yaqin sharq ixtirolari

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 151

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga (2023-yil 12-sentyabrdagi 18-92/35894) muvofiq, “Yaqin sharq ixtirolari” o‘n to‘rtinchi xalqaro ko‘rgazmasi yuzasidan ma’lumot kelib tushdi. Ushbu ma’lumotda 2024-yil 4-7-fevral kunlari Kuvayt Davlatining Ilmiy Klubi tomonidan xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilgan va g‘olib bo‘lgan ixtirochilarga pul mukofotlari topshiriladi. Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan, universitetda taxsil olayotgan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli fuqarolar Internetda “The International Invention Fair of the Middle East (IIFME)” nomi ostida www.iifme.com veb – saytida keltirilgan ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqishlari hamda Kuvayt tashkiloti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishlari mumkin ekanligini ma’lum qilamiz. Ishtirokchilar tomonidan to‘ldirilgan anketalarini online tartibda tashkilotchilarga yuborish zarur. Qo’shimcha ma’lumotlar va onlayn anketa ilova qilinadi.