Universitet rektori va Ilmiy tadqiqot va injiniring markazi direktorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 503

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Ercan Kahya, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Bahodirov, “O‘zqurilishmateriallariLITI” MCHJ ilmiy tadqiqot va injiniring markazi direktori S.Razzoqov bilan 2023 yil 20 oktyabr kuni uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish bo‘yicha hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Xususan, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining qurilish materiallari va buyumlari ixtisosligi bo‘yicha Yetuk olimlarini 20 ta yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirish va korxonalarning muammolari Yechimiga qaratilgan kontseptsiyani ishlab chiqish hamda master klasslarni har oyda tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida qurilish materiallari jamoatini shakllantirish va Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro mutaxassislar ishtirokida zilzilabardoshlik mavzusida Vorkshop o‘tkazish kelishuvi amalga oshirildi.