Biz giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshimiz

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 338

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Sog`lom avlod uchun aksiyasi” doirasida Yangi O`zbekistonni yosh avlod bilan quramiz, jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshimiz shiori ostida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Bojxona qo`mitasi “Milliy kinologiya” markazi, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya kinologiya xizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  kinologiya bo`linmasi, Xalqaro politsiya assotsatsiyasi, “Olimplider” klubi, Toshkent shahar Shuraviy baynalminal jangchilari va nogironlar jamoat birlashmasi kabi tashkilotlar hamkorligida o`tkazildi. Talabalar dastlab maxsus o`rgatilgan xizmat itlarining chiqishlariga guvoh bo`lishgan bo`lishsa tadbirning tantanali qismi sho`x kuy-qo`shiqlar bilan davom etdi. Talabalarning katta qiziqishiga sabab bo`lgan mazkur aksiya yakunida hamkorlik Memorandumini imzolandi. Shuningdek, faol qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan Tashakkurnoma  bilan taqdirlandi.