Xalqaro tashkilot vakillari universitetimizga tashrif buyurishdi
Jahon banki guruhi tarkibidagi Xalqaro moliya
korporatsiyasining (IFC) Sakshi Varma xonim boshchiligida delegatsiyasi
mamlakatimizda mehmon bo`lib turishibdi.
Delegatsiya a`zolari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
bo`lib, rector Erjan Kahya boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan
muloqot qilishdi. Mazkur uchrashuvda
IFCning “yashil'” binolar bo'yicha yangi loyihasi muhokama qilindi. Loyihani
hayotda tatbiq etishdan ko`zlangan maqasadlar, foydali tomonlari tushuntirib
berildi.