Xalqaro anjumanning dastlabki kungi tafsilotlari
Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Adilbek Zaitov kirish so'zi bilan ochib berib, bugunki kunda seysmik xavfsizlik bo'yicha qilinishi lozim bo'lgan ishlar, mavzuning dolzarbligi haqida batafsil to'xtalib o'tdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Vitse-prezidenti S.Mirzayev, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari V.Ismoilovlar so'zga chiqib, anjumanning muhimligi, dolzarbligi haqida fikr bildirishdi. Tadbirda mahalliy olimlar bilan birga xalqaro ekspertlar ishtirok etishmoqda.
Uch kunlik xalqaro anjumanning dastlabki kunida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori, professor, K.Sultanov, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti birinchi prorektori, dotsent, B.To‘laganov, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti professori Maurizio Rosso, professor, Caglar Goksu Akkaya, shuningdek, professorlar S.Xodjaev, S.Razzoqov, S.Maxmudov, dotsent A.Yuvmitov hamda doktorant O.Aglamovlar o'z ma'ruzalari bilan qatnashishdi. Xalqaro anjuman davom etmoqda.