Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida shartnoma imzolandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida 2022 yil 14 dekabr kuni shartnoma imzolandi. O‘zaro hamkorlikning bosh g‘oyasi – oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish hisoblanadi. O‘zaro hamkorlikning maqsadi - iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib yangidan ishlab chiqish va tasdiqlash, bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini korxona(tashkilot)larda o‘tkazishda shart-sharoit yaratish, eng ilg‘or xorij tajribasiga tayangan holda o‘quv adabiyotlari, o‘quv-metodik komplekslarini ishlab chiqish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ilmiy-tadqiqot izlanishlar hamda tajriba-sinovlar o‘tkazish, bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat. Hamkorlik doirasida bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Xususan:
- O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan universitet talabalarining dars mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tarkibidagi tashkilotlarda zamonaviy jihozlangan auditoriyalarni tashkil etish va shart-sharoitlar yaratish;
- Bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini korxona(tashkilot)larda o‘tkazishda shart-sharoitlar yaratish;
- O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tizimidagi tashkilotlarda “Qurilish materiallari va buyumlari” laboratoriya filialini tashkil etish va talabalar, professor-o‘qituvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
talablari asosida respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalari mutaxassislarini sohaga oid dolzarb mavzularda qisqa muddatli
o‘qishlarini amalga oshirish.