Ilmiy anjumanda qator masalalar muhokama qilindi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 351

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Menejment" kafedrasi tomonidan “Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalari iqtisodiyoti hamda boshqaruvining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar”  mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkazildi. Tadbirni Talabalar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo`yicha prorektor Azamat Metyakubov kirish so`zi bian ochib, tanlangan mavzuning dolzarbligi, mazmun-mohiyati haqida batafsil ma`lumot berdi.Tadbirda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida boshqaruvning innovatsion texnologiyalari va usullaridan foydalanish, sohalarni raqamlashtirish, dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni nazarda tutuvchi  taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish belgilandi.

Anjumanda oʻz maʼruzalari bilan faol ishtirok etgan sohadagi uyushma va tashkilot xodimlari universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Sertifikat bilan taqdirlandilar.