Toshkent arxitektura-qurilish universitetida zamonaviy korxonalarning integratsiya munosabatlari rivojlantirilmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 316

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va “YANGI ZAMON BINO” OAJ bilan 2022 yil 21 noyabr kuni imzolangan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi doirasida “Yangi zamon bino” OAJ mutaxassislari bilan “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr (funktsiyalari bo‘yicha)”, “Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)” va “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3- va 4-kurs talabalari o‘rtasida talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda, haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash joylarini aniqlashtirish hamda haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan “YANGI ZAMON BINO” OAJ bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha 10 fevral 2023 yil amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
    “YANGI ZAMON BINO” OAJ bilan o‘zaro hamkorlikning bosh g‘oyasi – oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish hisoblanadi.

    “YANGI ZAMON BINO” OAJ bilan o‘zaro hamkorlikning maqsadi – iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib yangidan ishlab chiqish va tasdiqlash, bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini “YANGI ZAMON BINO” OAJda o‘tkazishda shart-sharoit yaratish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot izlanishlar hamda tajriba-sinovlar o‘tkazish, bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.