“Seysmik xavfsizlik a'lochisi” ko'krak nishonlari topshirildi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini
ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Seysmik
xavfsizlik a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ushbu ko‘krak nishoni
bilan seysmologiya xavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishda munosib
hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda seysmik xavfsizlikni ta’minlash borasida ilmiy va nazariy ilmiy izlanishlarni amalga oshirib, hayotga tadbiq etayotgan bir guruh soha vakillariga Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev ushbu ko’krak nishonini topshirdi.
Quvonarlisi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Bahrom Tulaganov ham ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.