“Yangi O'zbekiston va inson huquqlari” mavzusida Dalakyan Jannaning dars hisoboti

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 103

2023 yil 3 noyabr sanasi 10.00 705 auditoriyada Arxitektura fakulteti 12-23, 4-23 guruhlarda "Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasida mavzusida ma'ruza o'tkazildi.

Bu mavzuga alohida e'tibor qaratilishi va 2023 - yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ayollar, bolalar va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olindi, davlatimiz siyosati dasturlarni ta'min1ash maqsadida ishlab chiqilgan chora - tadbirlar rejasining 4-bandida mamlakatimizning barcha oliy va professional ta'lim muassasalarida "Yangi O'zbekiston — inson huquqlari" umummilliy daslarini yuzasidan talaba yoshlarga slaydlar orqali O’zbekistonda inson huquqlari bo’yicha o’zgarishlari va rivojlanishi tarixidan ma’lumotlar taqdim etildi va mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. Bu jihatlar Konstitusiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

O'zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo'lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo'yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etilgani haqida batafsil to'xtalib o'tdi.