"Yangi O'zbekiston va inson huquqlari'' mavzusida Azimova Charosning dars hisoboti
2023 yil 13 noyabr sanasida Texnologiya fakulteti 41,42-22 guruhlarda "Huquqiy savodxonlik oyligi'' doirasida "Yangi O'zbekiston va inson huquqlari'' mavzusida ma'ruza mashg'uloti o'tkazildi.
Ma'ruza davomida talabalarga O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi qabul qilinishi munosabati bilan ayollar, bolalar va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinganligi, davlatimiz siyosati dasturlarni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora - tadbirlar rejasining 4-bandida mamlakatimizning barcha oliy va professional ta'lim muassasalarida "Yangi O'zbekiston – inson huquqlari'' umummilliy daslarini yuzasidan talaba yoshlarga slaydlar orqali O'zbekistonda inson huquqlari bo'yicha o'zgarishlari va rivojlanishi tarixidan ma'lumotlar taqdim etildi va mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani haqida aytib o'tildi. Bu jihatlar Konstitusiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Ma'ruza davomida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.