Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Ercan Kahya Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Ercan Kahya Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida 2 ta OTM o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga asosan tomonlar talaba almashinuvi va professor - o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, o’zaro hamkorlikda ilmiy metodik konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlar o‘tkazish hamda professor – o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik yo’lga qo’yiladi.
Shuningdek, Ercan Kahya BMTI Arxitektura-qurilish fakulteti mas’ullari bilan davra suhbati tashkil etib, unda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti haqida ma’lumot berdi.