“Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023”

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 407

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasi 2023-yil 16-mart kuni o‘tkazildi. Ushbu tadbirda talabalar uchun 50 dan ortiq Yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish takliflari ishlab chiqildi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan Yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzildi. Talabalar amaliyoti tashkil etilgan tashkilotlar tomonidan iqtidorli talabalarga istiqbolda o‘z ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashish maqsadida amaliyot davrida ularni mavsumiy ishlarga jalb qilgan holda, keyinchalik ishga qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi va yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, talabalarning kelgusida amaldagi hamkor ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ishga joylashishini inobatga olgan holda, haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash joylari aniqlashtirildi.