Rasmiy xabar

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 154

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko'pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta'lim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavrianti va magistraturasiga to'lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o'qishi ko'chirilgan (ko'chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o'qishi uchun to'lov haqini o'tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.