Zo'ravonlikka qarshi 16 kun
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida 25-noyabr “Xalqaro ayollarga nisbatan
zoʻravonlikka barham berish kuni”
ga bagʻishlangan “Zoʻravonlikka
qarshi 16 kun”
aksiyasi doirasida “Biz
zoʻravonlikka qarshimiz”
mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar
boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi, IIB, Markaziy tibbiyot
birlashmalari xodimlari hamda Falsafa fanlari doktori, Professor, Xalqaro toifadagi spiker, Toshkent shahar “Oqila
ayollar” harakati targ’ibot guruhi a`zosi, “Mehnat Shuhrati” Ordeni
sohibasi, va bir necha vazirliklar,
tashkilotlar “Ko’krak Nishoni” va
medallar sohibasi J.T. Shermuxamedova ishtirok etdilar. Tadbir davomida
soha mutaxasislari so'zga chiqib, zo'ravonlikka qarshi qonunchilikka bir qator
o'zgartirishlar kiritilganligi, tazyiqqa uchragan fuqarolarga amaliy ko'mak
berilayotganligi aytib o'tildi.