"Bu yurtda el aziz-inson aziz'' shiori ostida tadbir

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 100

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Konstitutsiyaning 31-yilligi munosabati bilan "Bu yurtda el aziz-inson aziz" shiori ostida tadbir, "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni-2023" koʻkrak-nishonlari va Turon Akademiyasining Akademigi unvonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bayramda Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektor B.Toʻlaganov, Talabalar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektor A.Metyakubov, Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi I.Ashrapova, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda Turon Akademiyasining vitse-prezidenti Z.Iskandarov tomonidan professor B.Asqarov va professor X.Akramovga Turon Akademiyasining Akademigi unvoni, Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi I.Ashrapova tomonidan professorlar M.Ismanxodjayeva, M.Niyazova, S.Maxmudov, B.Asqarovlarga "Mehnat faxriysi" koʻkrak-nishoni hamda maxsus guvohnomalar topshirildi.