Talaba, magistrant, doktorant hamda ilmiy xodimlar diqqatiga!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 203

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNOTEXNOPARK binosida Xitoy universitetlari ko'rgazmasi tashkil etiladi. Unda XXR universitetlarining o'qish tartibi, ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari, o'qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishishingiz mumkin. Ko'rgazma o'zbek, xitoy va ingliz tillarida olib borilib, 11-dekabr (dushanba) soat 9.00 dan 17.00 gacha davom etadi. Rasmiy ochilish marosimi soat 09:30 da boshlanadi.