Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 178

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish'' hamda 2023-2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to'g'risida''gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2023-yil 4-dekabrdan Toshkent viloyati hududiy tashkilot rahbarlarini "Shaharsozlik'' yo'nalishi bo'yicha malaka oshirish kurslari yo'lga qo'yildi. Malaka oshirish kurslariga Toshkent arxitektura-qurilish universitetining yetakchi professor-o'qituvchilari jalb etildi.