"Eng yaxshi kitobxon'' tanlovi o'tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 155

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda besh muhim tashabbus ijrosi bo'yicha tegishli farmoyish va qarorlaridan kelib chiqqan holda Toshkent arxitektura - qurilish universiteti Arxitektura fakultetida Shayxontohur tumani Axborot kutubxona markazi bilan  hamkorlikda  "Eng yaxshi kitobxon'' tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda  Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shayxontohur tuman bo'linmasi rahbari Nilufar Alibayeva ham hakamlar hayati raisi sifatida ishtirok etdilar. Tanlov ishtirokchilari  "Badiiy asarlar bilimdoni'' hamda "Tezkor savol-javob'' shartlari bo'yicha o‘zaro bellashdi. G'oliblarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. "Eng yaxshi kitobxon'' viktorinasi  va tanlovlari davom etmoqda.