Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 277

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Amaliy geodeziya bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning muammolari va yechimlari'' xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi. Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda shu sohada ish faoliyatini yuritayotgan xususiy tadbirkorlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ikki kun davom etgan tadbir beshta sho`bada davom etdi hamda muhim mavzular muhokamasiga bag'ishlandi.