TAQU talabalari mehr-muruvvat xayriya tadbiri tashkil etishdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 155

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar yetakchisi va koordinatori Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan 353-sonli O’zbekiston Karlar jamiyatining markaziy boshqaruviga Yangi yil bayrami bilan tabriklash maqsadida mehr-muruvvat xayriya kechasi  tashkil etildi. Tadbirda universitet Yoshlar yetakchisi Sh.Mirzaxmedov so’zga chiqib, Yangi yil har birimizga o’zgacha quvonch baxsh etadi, qalblarimizni ezgulik sari intilish tuyg’usi bilan to’ldiradi, vatanimiz hamda xalqimizga bo’lgan mehr-muhabbatimizni yanada mustahkamlaydi deya barchani bayram bilan tabrikladi. Universitet rahbariyati va koordinatorlari tomonidan mustaqil ko’ngilochar o’yinlar o’tkazildi, bolalarga bayram sovg’asi ulashildi. Tadbir so’ngida Karlar jamiyati markazining rahbari G. Shodiyeva universitet rahbariyatiga,  yoshlar yetakchisi va koordinatorlariga minnatdorchilik bildirdi.