O‘zbekiston ilm-fan jamoatchiligi og‘ir judolikka uchradi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 179

O‘zbekiston ilm-fan jamoatchiligi og‘ir judolikka uchradi. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 2023 yil 21 dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi. Janpolat Shamuratovich mehribon ustoz va jonkuyar rahbar, yangiliklarga intiluvchan inson sifatida katta bir jamoani boshqardi. Uning rahbarligida minglab talabalar bilim oldi, shogirdlar yetishib chiqdi, ilmiy izlanishlar olib borildi.

Professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovichning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini inobatga olinib, uning xizmatlari Hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Hayotdan bevaqt ketganiga qaramay, Janpolat Shamuratovichning o‘z ishiga vijdonan yondashishi, xizmatga sodiqligi, kamtarligi va jamoaviylik ruhi kelajak avlodlarni ilhomlantirishda davom etadi. Mehribon ustoz, kamtarin inson Janpolat Shamuratovichning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.