“Yoshlar arxitektura forumi” bo’lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalariga vazirlikning Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i orinbosari Jahongir Anvarov sohadagi tajribasi, yaxshi mutaxassis bo’lishda e’tibor berish lozim bo’lgan jihatlar haqida so’zlab berdi. Qurilish va arxitektura sohasini chuqur o’rganish nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliyotga ham katta e’tibor qaratishni talab etadi. Chunki biz qurgan binolar odamlar uchun xavfsiz, qulay sharoit yaratishi, shu bilan birgalikda zamonaviy qiyofa kasb etishi zarur. Men ushbu tizimda ustoz-shogird an’anasiga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman. Zero, bizning ajdodlarimiz bunyodkorligi butun duyoga mashhur. Biz ushbu an’analarni yo’qotmasligimiz kerak, - dedi Jahongir Anvarov. Ochiq va samimiy ruhda kechgan forum davomida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining talabalari shaharsozlik sohasiga oid o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas’ullarga yuzlandilar. Xususan, talabalar uchun chet elda malaka oshirish kurslarini tashkil etish, yoshlar o’rtasida turli loyiha tanlovlarini tashkillashtirishni yana kuchaytirish, bugunga kelib xususiy sektor vakillari tomonidan qurilayotgan obyektlarda sifat nazoratining qay darajada ekani, qurilishga jalb etilayotgan energotejamkor va yengil qurilish materiallarining afzalliklari xususidagi savollar shular sirasidandir. Mas’ullar tomonidan har bir savol va takliflarga batafsil javob berildi.